2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli podstansiyada mukammal ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 23.09.2025
  • 28

«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan Nurota tumanining olis hududdida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli "O‘tamurod" podstansiyasida 2500 kVA quvvatga ega T-1 transformatorini mukammal ta'mirlash ishlari olib borildi.

Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.

⚡️ Bundan tashqari, podstansiyaga kiruvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i uzluksiz ishlashini ta’minlash, favqulodda uzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga  o‘tkazildi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali 

t.me/Navoiy MET_Axborot