“O‘zbekiston MET” AJ tarkibidagi “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan 2025/2026-yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarga o‘rnatilgan transformatorlarining yog‘ sathi meʼyori, sovitish tizimi sozligi va boshqa meʼyoriy ko‘rsatkichlarini nazoratga olish bo‘yicha tegishli amaliyotlarni bajarishmoqda. Shuningdek, elektr tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Bundan tashqari, Filial balansida boʻlgan podstansiyalar hududida obodonlashtirish va estetik holatni yaxshilash ishlari olib borildi. Podstansiyalar atrofi tozalandi, yashil hududlar barpo etildi hamda tashqi koʻrinishni zamonaviy talablarga moslashtirish yoʻlida turli bezak va landshaft ishlari bajarildi.
Mazkur ishlar — kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bilan ta’minlashda barqarorlikni ta’minlash, avariyaviy holatlarning oldini olish va iste’molchilarga uzluksiz xizmat koʻrsatishni kafolatlash maqsadida olib borilayotgan keng koʻlamli tayyorgarlik dasturining bir qismi hisoblanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI
kanaliga obuna bo‘ling