2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: Xovos tumanida 110 kV kuchlanishli L-Dashtobod elektr uzatish liniyasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 24.09.2025
  • 23

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati "Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan Xovos tumani hududidan otgan 110 kV kuchlanishli L-Dashtobod elektr uzatish liniyasida rejalashtirilgan texnik ta’mirlash ishlari bajarildi.

⚡️ Ta’mirlash jarayonida elektr liniyasining tayanch ustunlari to‘liq ko‘zdan kechirildi, zarur qismlari ta’mirlanib, shikastlangan ayrim elementlar yangilariga almashtirildi. Barcha ishlar belgilangan texnik reglament va xavfsizlik qoidalari asosida olib borildi.

Liniya xavfsizligini oshirish maqsadida, tayanch ustunlar orasiga qushlar qo‘nishining oldini oluvchi maxsus himoya vositalari (PPZ) o‘rnatildi. Bu kabi moslamalar qushlarning elektr tarmoqlariga zarar yetkazishining va qisqa tutashuvlar kelib chiqishining oldini oladi.

❗️ Ushbu tadbirlar elektr energiyasining barqaror yetkazib berilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati  

❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot