2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan navbatdagi o‘quv seminarida elektr energetika tarmog‘ining dolzarb masalalari muhokama etildi
  • 24.09.2025
  • 31

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yil 24-sentabr kuni, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati kichik majlislar zalida “MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI”ni keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. 

✍️ Dastlab tadbirni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari A.A.Yuldashev ochib berdi. Akbarxon Abbasovich bugungi kunda energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida olib borilayotgan islohotlar, erishilgan yutuq va natijalar, shu bilan birga, yechimini kutayotgan muammolar, ularni bartaraf etish uchun konstruktiv yondashuv, bilim-malaka oshirishga bag‘ishlangan bunday tadbirlarning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bayon qilib, o‘quv-seminari ishiga muvaffaqiyat tiladi.

“MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI”ni keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan o‘quv-seminar energetika tizimi tashkilotlaridan bir nechta mutaxassislar ishtirok etib, o‘zlarining mavzuga oid maʼruza-slayd maʼlumotnomalarini namoyish etishdi.

⚡️ Jumladan, Humoyun Ahmadaliyev, “O‘zbekiston MET” AJ Elektr stansiyalarini tizimga ulash sho‘basi boshlig‘i; Ma’murjon Abduhaliqov, O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi Texnik va texnologik hisob-kitoblar bo‘lim boshlig‘i; Hayrullo Otaboyev, “O‘zbekiston MET” AJ Releli himoyasi va avtomatika xizmati boshlig‘i; Kozimxo‘ja To‘xtayev, “O‘zbekiston MET” AJ Elektr tarmoqlariga ulanish sho‘basi bosh mutaxassisi; Eso Sadullayev, “O‘zbekiston MET” AJ Strategik rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi; Rustam Nazarov, “O‘zbekiston MET” AJ “Energo-IT” filiali direktori; Denis Losev, Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetcherlik markazi” davlat muassasasi bosh mutaxassisi; Abror Sultonov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Elektr va issiqlik energiyasi sohasida qurilmalar ekspluatatsiyasini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i — o‘z chiqishlarida mavsuning turli yo‘nalishlariga oid tahliliy-tavsiyaviy ma’lumotlarni taqdim etdi.
 
⁉️ Seminar so‘nggida savol-javoblarga vaqt ajratilib, bugungi tadbirda ko‘tarilgan masalalr atroflicha muhokama etildi.

 

“Magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi

“MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI”ni keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan o‘quv-seminarga

Uzatish tarmoqlariga ulanish qoidalari va Foydalanuvchilarga qo‘yiladigan talablar

 

FacebookInstagramYouTube ‖  

Energetika bozori regulyatori//Rasmiy kanalhttps://t.me/emdra_uz/253

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati