Bugun, 2025-yil 25-sentabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Aksiyadorlik jamiyati kichik majlislar zalida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari: Yevrosiyo bo‘yicha Energetika yo‘nalishi direktori va rahbari Syule Kilich xonim hamda Barqaror infratuzilma guruhi boshqaruvchi direktori janob Garri Boyd-Karpenter bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari mazkur lavozimlarga Nandita Parshad va Aida Sitdikovaning o‘rniga tayinlangan.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikni yana-da rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilishdi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati