«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari Nurota tumani hududida joylashgan 35/10 kVli «Qizilcha» podstansiyasida T-1 transformatori hamda uning bog‘lamlarida joriy ta‘mirlash ishlari olib borishdi.
❗️ Mazkur ishlar iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror qilish, kuz-qish mavsumida elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.
⚡️Shu bilan birga, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i uzluksiz ishlashini ta’minlash, favqulodda uzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Bundan tashqari, Filial mutaxassislarimiz yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorning moy sathi me’yorini, sovitish tizimi sozligini va boshqa texnik ko‘rsatkichlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ishlarni bajarishdi. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor yordamida ko‘rikdan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslari hamda kontur yerlagichlarning texnik holati nazorat qilinmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali