Bugun biz Jizzax viloyatida qurilayotgan birinchi atom elektr stansiyasi mamlakatimiz energiya ta’minotiga qanday hissa qo‘shishini batafsil ko‘rib chiqamiz.
Stansiya haqida nimalarni bilamiz?
• AES 6 ta har biri 55 MVt quvvatga ega bo‘lgan kichik reaktorlardan iborat bo‘ladi
• Har bir reaktorning ishlash muddati – 60 yilgacha
• Stansiyaning umumiy quvvati – 330 MVt
Endi eng qiziqarli savol – bu qancha elektr energiyasi beradi?
O‘zbekistonda bir kishi oyiga o‘rtacha 350-400 kVt·soat elektr energiyasini iste’mol qiladi (uy-ro‘zg‘a, yoritish, texnika va boshqalarni hisobga olgan holda). Hisoblab ko‘raylik:
330 MVt × 24 soat × 30 kun = oyiga 237 600 000 kVt·soat
400 kVt·soatni har bir kishi uchun bo‘lsak – taxminan 594 000 kishiga yetadi
✅ Bu nimani anglatadi?
Bu AES deyarli 600 ming aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi — bu Buxoro yoki Namangan kattaligidagi shahar! Va shu bilan birga elektr energiyasi kecha-kunduz mavjud bo‘ladi.
Bunday quvvatdagi AES CO₂ va boshqa zararli moddalarning havoga chiqishining oldini oladi, ular odatda ko‘mir yoki gazni yoqish paytida chiqadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, stansiya har yili yuz minglab tonna CO₂ chiqindilarini kamaytiradi – bu yo‘llardan 200 000 dan ortiq avtomobilni olib tashlashga tengdir.
AES — bu nafaqat energiya, balki yangi ish o‘rinlarini ham yaratadi.
Odamlar nafaqat stansiyaning o‘zida — muhandislar, operatorlar, xavfsizlik mutaxassislari sifatida — balki uning atrofida: qurilish, logistika, xizmat ko‘rsatish, transport, kafe, tibbiyot va boshqa sohalarda ham kerak bo‘ladi.
AES ishga tushirilishi bilan butun tuman jonlanadi — yangi ish o‘rinlari paydo bo‘ladi, infratuzilma va iqtisodiyot rivojlanad.
Manba: https://t.me/clearenergy/2837
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati