2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Qiziqarli xabarlar
Tashlamang! Kichkina batareya katta muammo bo‘lib qolishi mumkin
  • 23.09.2025
  • 4

Kichkina batareya zararsiz ko‘rinadi, lekin uni oddiy chiqindilar bilan birga tashlab yuborsangiz, u haqiqiy ekologik xavf tug‘dirishi mumkin.

Batareyalar qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy va boshqa og‘ir metallarni o‘z ichiga oladi. Ular quruqlik yoki suv havzalariga kirganda, bu moddalar tuproqni, daryo va ko‘llarni, hatto yer osti suvlarini ham sekin-asta ifloslantirib boradi.
Misol uchun:

Bitta barmoq batareyasi 20 m2 tuproqni va 400 litr suvni ifloslantirish darajasiga ega.
Aynan shu sababli, O‘zbekistonda batareyalarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatildi – mamlakat bo‘ylab 100 dan ortiq yig‘ish punkti allaqachon mavjud. Ushbu konteynerlarga tashlangan batareyalar qayta ishlanadi yoki tabiatga zarar yetkazmasdan to‘g‘ri yo‘l bilan yo‘q qilinadi.

Konteynerlarning foydasi aniq:
• Tuproq va suvning tozaligini saqlaydi
• Zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishining oldini oladi
• Chiqindilarni mas’uliyatli boshqarish odatini shakllantiradi

Hatto bitta batareyani ham konteynerga tashlash – bu shahrimiz va tabiatimizni toza saqlashga qo‘shgan hissamizdir. 

Manba: https://t.me/clearenergy/2863 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati