2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Xotin-qizlar
«O‘zbekiston MET» AJ xotin-qizlari “XONATLAS–2025” festivalida faol ishtirok etmoqda
  • 26.09.2025
  • 46

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining rasmiy murojaatiga ko‘ra, Toshkent shahar "Oqila ayollar" harakati, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda bir qator jamoat tashkilotlari tashabbusiga binoan 2025-yil sentabr oyida “Xonatlas–2025” festivali o‘tkazilmoqda.
 
Festival doirasidagi tadbirlarda  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlari ham faol ishtirok etmoqda.
 
Bugun ham Aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi barcha filiallarda mehnat faoliyati yuritayotgan ayollar o‘z ish joylariga milliy liboslarda tashrif buyurishdi.

Xonatlas tarixi

Bir zamonlar Marg‘ilonda bo‘zchi o‘tgan. Uning go‘zallikda tanho qizining tarifini eshitgan Marg‘ilon Xoni qizga 5-xotini bo‘lishga og‘iz soladi. Buni eshitgan bo‘zchi qizini yoshligini, uni xotinlikka olmasligini o‘tinib so‘raydi. Shunda xon unga vaqt beradi va shu vaqt ichida chiroyli hayratlanarli nimadir yaratishini, agar shartni bajarsa qizini tinch ko‘yishini aytadi...

Bo‘zchi g‘amga botib ariq yoqasida uzoq o‘tiradi, bu vaqtda yomgir yoqqan kamalak suviga tushib jilolanardi. Bo‘zchi yaltirayotgan rango-rang kamalak aksidan andoza olib bir mato yaratadi. Matoda hamma ranglar uyg‘unlashgandi. U ishini tugatib Xonga olib boradi.

Xon bu matodan hayratga tushib qanday yaratganini so‘raganda bo‘zchi, "Men bu matoga Lolaning qizil rangini, osmonning Ko‘k rangini, majnuntolning yashil bargi, zarrin quyosh nuri va qizimning ko‘zidagi uchqunni jilo qildim", deb javob beradi. 

Xon matoni silab turib unga "Xonatlas" deb nom beradi. Bo‘zchining qizini esa o‘zining sevimli o‘g‘liga nikohlab beradi. 

Mana shuncha asr o‘tganiga qaramay xonatlas urfdan qolmay kelyapti. Bu mato qizining baxti uchun kurashgan ota tomonidan yaratilgani uchunmi barcha atlas kiygan qizlarni go‘zal va beg‘ubor qilib ko‘rsatadi. 

O‘zbek milliy qadriyatlari va boy madaniy merosini keng targ‘ib qilish maqsadida  “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda joriy yilning 27-sentabrida “Xon Atlas” festivali o‘tkazildi.
 
✍️ Lobar G‘oziyeva, Oila va xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti raisi

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati