«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan Qiziltepa tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Malikcho‘l" podstansiyasida mavjud T-2 transformatori hamda uning 10 kV kuchlanishli bog‘lamlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.
⚡️ Bundan tashqari, podstansiyaga kiruvchi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i uzluksiz ishlashini ta’minlash, favqulodda uzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali