“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati markaziy apparatining Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, ulanish va qabul qilish boshqarmasi hamda Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmatiga yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 24-sentabrdagi 193-SHT-son buyrug‘iga asosan Abdulaziz Abdikadirovich Baymuxamedov Elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya, ulanish va qabul qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga hamda 194-SHT-son buyrug‘i bilan Shuxrat Kamilovich Dadajonov Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati