«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan Xatirchi tumani hududida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli «Uchqara» podstansiyasida T-1 transformatori hamda uning bog‘lamlari joriy ta‘mirlash ishlari olib borildi.
Mutaxassislarimiz yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorning moy sathi me’yorini, sovitish tizimi sozligini va boshqa texnik ko‘rsatkichlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ishlarni bajarishdi. Bundan tashqari, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor yordamida ko‘rikdan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslari hamda kontur yerlagichlarning texnik holati nazorat qilinmoqda.
⚡️ Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i uzluksiz ishlashini ta’minlash, favqulodda uzilishlarni bartaraf etish choralari ko‘rildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali