2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
35/10 kV kuchlanishli «Poytug'» podstansiyasida kuz-qish mavsumiga joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 30.09.2025
  • 36

Tasimlovchi tarmoqlarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berish hamda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida "Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan 35/10 kVli «Poytug'» podstansiyasida T-1, T-2 transformatorlari hamda ularning ulanmalarida joriy ta‘mirlash va  korroziyaga qarshi bo'yoqlash ishlari olib borishdi.

❗️ Mazkur ta’mirlash ishlari elektr — tarmoqlarining ishonchliligini oshirish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. 

❇️ Bundan tashqari, Filial mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalardagi transformatorning moy sathi me’yorini, sovitish tizimi sozligini va boshqa texnik ko‘rsatkichlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ishlarni bajarishmoqda.

“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

⇒ t.me/AndijonMET_Axborot