2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.88.4: 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikka bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida axborot berildi
  • 02.10.2025
  • 27

Xalq radiosi — «TEMP-FM» radiokanalining FM.88.4 to‘lqinlarida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobiga bag‘ishlangan matbuot anjumani haqida axborot berildi.

Radioboshlovchi — jurnalist Go’zal Karimova.

► Yil boshidan bugungi kunga qadar bir qator loyihalar amalga oshirilishi natijasida, podstansiyalarning quvvati 492MVA oshirildi.

► 2025-2026-yil kuz-qish mavsumida elektr qurilmalarini barqaror ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, 1566 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari (rejaga nisbatan 140 foiz), 39 ta transformator (130 foiz), 122 ta  komutatsion apparatlarda (102 foiz) mukammal taʼmir ishlari bajarildi va 12 324 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari (rejaga nisbatan 103 foiz), 1 472 ta transformator (129 foiz), 2561 ta komutatsion apparatda (106 foiz) joriy taʼmir ishlari bajarildi.

►Transformatorlarning sovutish tizimlari tekshirilib, 139 ta dvigatel va 3 ta moy nasosi taʼmirlanib joyiga o‘rnatildi. Shuningdek, barcha elektr uzatish havo tarmoqlari navbatdan tashqari va davriy ko‘rikdan o‘tkazildi hamda taʼmirlash ishlari davomida 15 000 tadan ortiq izolyator va 3850 ta qushlar qo‘nishidan himoya qilish moslamalari o‘rnatildi. Shu kunlarda ham elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya elektr qurilmalarining kontakt birikmalari teplovizor qurilmasi yordamida doimiy ravishda tekshiruvdan o‘tkazilib borilmoqda.

► Yil boshidan beri 117 ta podstansiya elektr qurilmalarning kontakt birikmalari hamda 13730 km elektr tarmoqlarida to‘liq teplovizor ko‘rigi o‘tkazilib, aniqlangan qizishlar o‘z vaqtida bartaraf qilindi. Shuningdek, taqsimlash tarmoqlarining 272 ta podstansiyasida va 17150 km tarmog‘ida teplovizor ko‘rigi o‘tkazildi. Ushbu amaliyot mavsum davomida ham amalga oshiriladi.

⇒  Qo‘shimcha ma’lumotlar

✍️ MATBUOT ANJUMANI«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobi

✍️ МАТБУОТ АНЖУМАНИ«Ўзбекистон миллий электр тармоқлари» акциядорлик жамиятининг 2025/2026 йил куз-қиш мавсумига тайёргарлик юзасидан амалга оширган ишлари сарҳисоби

✍️ uza.uz — "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ: Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi barqaror yetkazib beriladi

Youtube’da ko‘rish 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati