Sizlarni kasb bayramingiz – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz!
Sizlarga sihat-salomatlik, bardavom muvaffaqiyatlar va ezgu ishlaringizda yangi marralarni tilaymiz.
Yurtimiz yoqilg‘i-energetika sohasi kundan-kun taraqqiy etib borayotganida, avvalo sizning, qolaversa, siz taʼlim bergan ming-minglab mutaxassislarning o‘rni beqiyosdir.
Sizning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va mehringiz tufayli shogirdlaringiz yuksak cho‘qqilarni zabt etmoqda. Ularning erishayotgan yutuqlari barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Kasbingizga sadoqatingiz, donoligingiz va tinimsiz sa’y-harakatlaringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va jamoa nomidan.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/17833
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati