Zangiota tumanida joylashgan 220/110/10 kV kuchlanishli «Sergeli» podstansiyasida 200 000 kVA quvvatga ega AT-1 avtotransformatorida joriy ta'mirlash ishlari bajarildi.
Bundan tashqari, «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun tasdiqlangan ish rejasi asosida nazorat ko‘rigi, ta’mirlash-sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Magistral elektr tarmoqlari va podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish montaj ishlari esa loyiha yo’l xaritasiga muvofiq davom ettirilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot