«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan Karmana tumanida joylashgan 110/35/6 kV kuchlanishli “2-sonli” podstansiyasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda iste’molchilarni uzluksiz, sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash maqsadida 110 kV “Yangiqo‘rg‘on” tarmog‘i qurilmasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ta’mirlash ishlari davomida:
▪️Uskunalar, kabellar, izolatorlar va shinalar holati ko‘zdan kechirildi hamda ularning texnik-muhandislik holati me’yorigy talablarga keltirildi;
▪️Kontaktlar va birikmalari, oksidlanishlar tozalandi;
▪️Izolyatsiya qarshiligi o‘lchandi;
▪️Uzoqdan boshqaruv, signalizatsiya tizimi ishlashi tekshirildi;
⚡️Texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida barcha xavfsizlik me’yorlariga qat’iy amal qilindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filiali