2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
AVVALGI VA KEYINGI HOLATI: 35/10 kV kuchlanishli «Ittifoq» podstansiyasi 35/10 kV kuchlanishli "Ittifoq" podstansiyasi
  • 04.10.2025
  • 14

♦ Sirdaryo viloyati

► AVVALGI HOLATI: 35/10 kV kuchlanishli «Ittifoq» podstansiyasi 35/10 kV kuchlanishli "Ittifoq" podstansiyasi

Ta’mirlash ishlari boshlanishidan avval “Ittifoq” podstansiyasida bir nechta eskirgan va ish samaradorligi pasaygan (foydalanish muddati tugaganidan so‘ng yillar davomida qayta ta’mirlanib ishlatilgan) uskunalar mavjud edi. Jumladan, T-1 va T-2 transformatorlarining ayrim qismlari va 35 kV kuchlanishli moyli o‘chirgich (ВМ-35 кВ) hamda 10 kV kuchlanishli yopiq taqsimlovchi qurilma (КРУН) da bir qancha nosozliklar aniqlangan bo‘lib, bu texnik holat kuz-qish mavsumidagi yuqori yuklamalarga bardosh berolmas edi.

► ISH JARAYONI:  35/10 kV kuchlanishli "Ittifoq" podstansiyasi, Sayxunobod tumani

⚙️ Rejalashtirilgan ishlar doirasida podstansiyada ta’mirlash ishlari quyidagi tartibda bajarildi:

♦ T-1 va T-2 transformatorlar to‘liq diagnostika qilindi va yaroqsiz qismlari almashtirildi;
♦ Transformatorlarning ichki va tashqi sirtlari tozalanib, texnik ko‘rsatkichlari tekshirildi;
♦ 35 kV kuchlanishli moyli o‘chirgich (ВМ-35 кВ) batafsil ko‘zdan kechirilib, ta’mirlash ishlari bajarildi, moy sathi va izolyatsiyasi normaga keltirildi;
♦ 10 kV kuchlanishli yopiq taqsimlovchi qurilma (КРУН) korroziyaga qarshi bo‘yash ishlari amalga oshirildi.

⚡️ Barcha ishlar belgilangan me’yoriy hujjatlar va texnik reglamentlarga qat’iy amal qilingan holda olib borildi.

► HOZIRGI HOLATI: 35/10 kV kuchlanishli «Ittifoq» podstansiyasi, Sayxunobod tumani

⇒ Hozirgi kunda “Ittifoq” podstansiyasi me’yoriy ekspluatatsiya holatiga keltirildi. Transformatorning ishonchliligi oshdi, bu esa mazkur energetika obyektida barqaror elektr uzatish imkonini beradi. Podstansiya elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga uzluksiz yetkazib berishga tayyor bo‘lib, bu hudud iste’molchilarining energiyaga bo‘lgan talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot