2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.87.9: Jonli efirga uzatilgan radiomuloqotda 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlariga oid savollarga javob berildi — uzbekistonmet.uz
  • 06.10.2025
  • 16

«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida jonli efirga uzatilgan «Radiomuloqot» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirgan ishlari xususida berilgan savollarga javob berdi.

Radioboshlovchi — jurnalist Nilufar Ahmedova.

Jonli efirda «kuz-qish mavsumi» va «isitish mavsumi» tushunchalarining farqi, O‘zbekiston energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining vazifa va majburiyatlari, olib borilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj hamda ta’mirlash-sozlash ishlari, ekspluatatsiya jarayonida foydalanilayotgan uchuvchisiz apparat — dron qurilmasi orqali o‘tkazilayotgan teplovizor nazorat ko‘riklari, xavsizlik texnikasi va ishchi-xodimlar malakasini oshirish ishlari, 220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasi huzurida tashkil etilayotgan O‘quv mashg‘ulotlari va laboratoriya markazi, energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalari hamda iste’molchilar e’tiboriga tavsiyalar yangradi.

⇒ Shuningdek, «Radiomuloqot» dasturida «O‘zbekiston MET» AJning 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida berilgan savollarga batafsil izohlar berib o‘tildi. 

Youtube’da ko‘rish

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati