2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli "S/X Gurlan" podstansiyasida rejalashtirilgan joriy ta’mir ishlari amalga oshirildi
  • 06.10.2025
  • 15

«Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxasislari tomonidan mazkur energetika obyektini ta’mirlash jarayonida quyidagi ishlar bajarildi:

► T-1 va T-2 kuch transformatorlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, izolyatsiya hamda yog‘ darajasi tekshirildi;

► 10 kV kuchlanishli tashqi komplektli taqsimlash qurilmasi (KRUN-10)da apparatlar va kontakt qismlariga texnik xizmat ko‘rsatildi;

► Elektr uskunalari va kabel liniyalari tozalandi, mustahkamligi qayta ko‘rib chiqildi;

► Himoya va boshqaruv tizimlarining ishlash holati sinovdan o‘tkazildi;

► Podstansiya hududida profilaktik ishlar amalga oshirildi.

⚡️ Ushbu tadbirlar jihozlarning ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlab, hudud iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror quvvat yetkazish imkoniyatini oshiradi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

t.me/XorazmMET_Axborot