2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG‘ONA VILOYATI: 220 kV kuchlanishli L-P-Uz havo tarmog‘ida joriy ta’mir ishlari amalga oshirildi
  • 07.10.2025
  • 11

✍️ ”Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali elektr uzatish liniyalari xizmati mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli L-P-Uz elektr uzatish havo tarmog‘ida joriy ta’mir ishlari olib borildi.

⚙️ Ta’mirlash jarayonida:

♦ P-98/45, P-99/45, P-100/45 va P-101/45 tayanchlaridagi eski farfor izolyatorlar olib tashlanib, ularning o‘rniga zamonaviy va ishonchli PS-120 turidagi yangi izolyatorlar o‘rnatildi;

♦ Tarmoqning 69-tayanchdan 118-tayanchgacha bo‘lgan qismida dispetcherlik yozuvlari yangilanib, amaliy ma’lumotlar to‘liq tartibga keltirildi.

✅ Asosan, ta’mirlash ishlari tarmoqning Qirg‘iziston Respublikasi hududidan o‘tuvchi qismida muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

⇒ Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling ⇒ https://t.me/FargonaMET_Axborot