2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Men ariza topshirdim va veb-saytingizda ikki marta, bir marta iyun oyida va yana avgust oyida onlayn rezyumeni to‘ldirdim. Uch oy ichida hech kim javob bermadi...»
  • 29.09.2025
  • 20

Murojaat egasi: Bakirov Abdurashid Tadjibayevich

Elektron pochta: a-bakirov1985@yandex.ru

Murojaat mazmuni:

Rus tilida: Я два раза давал заявку и заполнил онлайн резюме в Вашем сайте первый июнь месяц и второй в августе за 3 месяца никто не ответил. Кто то у Вас вообще контролирует входящие обращения? За такой период можно было несколько десятки обращения изучать и ответить на запросы. Теперь куда обращаться надо? Телефон доверия МИНЭНЕРГО? Мой второй номер (93 007 ?? ??) прошу мне ответить по вопросу. Онлайн резюме заполнял для центрального управления согласно опубликованном Вашем сайте.

O‘zbek tilida Men ariza topshirdim va veb-saytingizda ikki marta, bir marta iyun oyida va yana avgust oyida onlayn rezyumeimni to‘ldirdim. Uch oy ichida hech kim javob bermadi. Kimdir kiruvchi murojaatlarni kuzatib boradimi? Shu vaqt ichida siz o‘nlab murojaatlarni ko‘rib chiqishingiz va ularga javob berishingiz mumkin edi. Endi qayerga murojaat qilishim kerak? Energetika vazirligining ishonch telefonigami? Mening ikkinchi raqamim (93 007????) Iltimos, savolimga javob bering. Men sizning veb-saytingizda eʼlon qilinganidek, markaziy ofis uchun onlayn rezyumeni to‘ldirdim.

Murojaatga javob: Hurmatli fuqaro Abdurashid Tadjibayevich, Sizning uzbekistonmet.uz veb-saytining “Murojaatlar” rukniga yuborgan murojaatingiz 2025-yil 26-sentabr kuni tegishli tartibda qayd etilib, ijro uchun Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasiga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, 2025-yil 26-sentabr kuni uzbekistonmet.uz veb-saytining «Onlayn maslahatchi» rukni  orqali yuborgan so‘rovingizga murojaatingiz qayd etilgani va sizga belgilangan muddat ichida rasmiy javob qaytarilishi aytib o‘tilgan edi.

Eʼtiboringizga ko‘rsatilgan elektron pochta manzilingizga yuborilgan rasmiy xatni taqdim etamiz.

Javob xati

Axborot xizmati: Eslatib o‘tamiz, rasmiy veb-sayt sahifalarida (va har bir bo‘sh ish o‘rinlariga taalluqli eʼlon va xabarlarda) “«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar” nomli eslatmalar berib boriladi.

https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441

MAʼLUMOT O‘RNIDA: Bizning tashkilotga ishga kirishingiz uchun, avvalo, kadr_nes@uzbekistonmet.uzinfo@uzbekistonmet.uz elektron pochtalariga rezyume-maʼlumotnomangizni yuborishingiz lozim.

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Veb-sayt: uzbekistonmet.uz

Elektron pochta: uzbekiston_met@exat.uzinfo@uzbekistonmet.uz

O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyani Respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish jarayoni shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida, biz har oyda (uzbekistonmet.uz veb-sayti va uning ijtimoiy tarmoqdagi cahifalarida eʼlon qilingan har bir bo‘sh ishni uchun to‘plangan) to‘plangan rezyume-obyektivkalarni jamlab, tegishli xizmat, bo‘lim va boshqarma boshliqlariga taqdim etiladi. Taqdim etilgan maʼlumotnomalar mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, atroflicha ko‘rib chiqiladi.

Tarjimai holdagi maʼlumot-ko‘rsatkichlar (maʼlumoti, ish tajribasi, qaysi tillarni bilishi va boshqa ko‘rsatkichlar) bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lgan boshqarma yoki bo‘lim mutaxassislariga maʼqul kelsa, nomzod bevosita suhbatga chaqiriladi. Nomzodlar maxsus komissiya (bir necha mutaxassis hamda rahbariyat vakillaridan iborat Komissiya videoyozuv va Aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati ishtirokida) suhbat o‘tkazadi. Shundan so‘ng bo‘sh ish o‘rni bo‘yicha rahbariyatga ushbu mutaxassisning nomzodini tavsiya etiladi va ishga qabul qilinadi.

Maʼlumot o‘rnida: «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida mavjud ish o‘rinlari haqidagi maʼlumotlar Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-saytining «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida tez-tez eʼlon qilinib, bu haqdagi oylik hisobotlar har oyning 10 sanasigacha Ochiq maʼlumotlar portaliga joylashtirib borilmoqda.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-saytida uzbekistonmet.uz «Onlayn rezyume» funksiyasi ishga tushirilgan. Bu yangi qulaylik ishga kirish istagida bo‘lgan mutaxassislar bilan Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi mutaxassislarini bevosita, onlayn rejimda bog‘lab, ish samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qiladi.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/appeal/resume

Eslatma: o‘z tarjimai holi va mehnat faoliyati haqidagi maʼlumotlarni taqdim etayotgan fuqarolar aynan qaysi lavozimga o‘z nomzodini taklif etayotganini, shu bilan birga, qayta bog‘lanish uchun telefon raqamlarini to‘g‘ri yozib yuborishlari shart.

 YARATILGAN SHAROITLAR:

• O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

• Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

• Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Hurmat bilan,

Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati