«Yoshlar» radiokanalining FM.104.0 to‘lqinlari to‘lqinlarida jonli efirga uzatilgan «Oqshomga qadar» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bosqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov telefon aloqasi orqali radioboshlovchi-jurnalist tomonidan radiotinglovchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Radioboshlovchi — jurnalist Umida Hasanova.
Jonli efirda shuningdek, «kuz-qish mavsumi» va «isitish mavsumi» tushunchalarining farqi, Ozbekiston energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog‘ida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining vazifa va majburiyatlari, olib borilayotgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj hamda ta’mirlash-sozlash ishlari, ekspluatatsiya jarayonida foydalanilayotgan uchuvchisiz apparat — dron qurilmasi orqali o‘tkazilayotgan teplovizor nazorat ko‘riklari, xavsizlik texnikasi va ishchi-xodimlar malakasini oshirish ishlari, 220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasi huzurida tashkil etilayotgan O‘quv mashg‘ulotlari va laboratoriya markazi, energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalari hamda iste’molchilar e’tiboriga tavsiyalar yangradi.
⇒ Bundan tashqari «Oqshomga qadar» dasturida «O‘zbekiston MET» AJning 2025/2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan amalga oshirgan ishlari sarhisobi yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida berilgan savollarga batafsil izohlar berib o‘tildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati