2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: “Go‘zal” podstansiyasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida joriy ta'mirlash ishlari bajarildi
  • 08.10.2025
  • 5

 “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining 220/110/10 kV kuchlanishli “Go‘zal” podstansiyasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish uchun joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

⚡️ Ta’mirlash doirasida transformatorlar to‘liq tekshirildi va ta’mirlandi. Izolyatorlar esa tozalanib, ularning elektr izolyatsiyasi mustahkamlandi. Uskunalarning tashqi qismlari korroziyaga qarshi bo‘yash ishlari bilan himoyalandi, bu ularning xizmat muddatini uzaytiradi va ishonchliligini oshiradi.

Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish hamda elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/SirdaryoMET_Axborot