Bugun, 2025-yil 9-oktabr kuni, soat 14:38 da Toshkent viloyatida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli "Zangiota" podstansiyasida sodir bo‘lgan qisqa tutashuv natijasida Toshkent viloyati Zangiota tumanining ayrim hududlari (5 MVt) elektr ta’minotida uzilishlar sodir bo’ldi.
Ayni paytda tezkor ta’mirlash brigadalari tomonidan nosozlikni bartaraf etish va ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda. Qisqa fursatda barcha nosozliklar bartaraf etilib, elektr ta’minoti to’liq tiklanadi.
⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so’raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati