"Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxasislari tomonidan110/10 kV kuchlanishli "Manak" podstansiyasida T-2 transformatori va 10 kV kuchlanishli tashqi komplektli taqsimlash qurilmasi (KRUN-10)da joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ta’mirlash jarayonida bajarilgan asosiy ishlar quyidagilarni tashkil etdi:
▪️ T-2 transformatori texnik ko‘rikdan o‘tkazilidi;
▪️ Yog‘ darajasi va izolyatsiya holatini tekshirildi;
▪️ Kontakt birikmalarini mustahkamlandi;
▪️ Himoya vositalarining sozligi sinovdan o‘tkazildi;
▪️ KRUN-10 da elektr apparatlar va uzel qismlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
Ushbu ta’mirlash ishlari podstansiya jihozlarining ishonchli ishlashini ta’minlash va taqsimlovchi tarmoqlarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati