“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filialining 35/10 kV kuchlanishli "Xurmozor" podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ta’mirlash jarayonida bajarilgan asosiy ishlar quyidagilarni tashkil etadi:
► VS-35 kV kuchlanishli moyli o‘chirgichning moyi ko‘zdan kechirilib, to‘liq almashtirildi;
► Yog‘ darajasi va izolyatsiya holati tekshirildi;
► Kontakt birikmalari mustahkamlandi;
► Releli himoya vositalarining sozligi sinovdan o‘tkazildi.
Mazkur ta’mirlash ishlari podstansiya jihozlarining ishonchli ishlashini ta’minlash va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ filiali
kanaliga obuna bo‘ling!