2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Kuz-qish mavsumigagi ta’mirlash-sozlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 11.10.2025
  • 15

"Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxasislari tomonidan 220 kV kuchlanishli “Sarimoy” qayta ulash punktida elektr uskuna va jihozlarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida releli himoya vositalarining joriy tekshiruvi olib borildi.

Ushbu texnik-laboratoriya ishlar doirasida quyidagi vazifalar bajarildi:

► Releli himoya qurilmalarining texnik holati sinovdan o‘tkazildi;

► Qurilmalarning sozligi va avtomatik ishlash imkoniyati tekshirildi;

► Zarur hollarda kalibrlash va sozlash ishlari amalga oshirildi.

Releli himoya vositalari elektr energiyasi tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qisqa tutashuv, kuchlanishning oshib ketishi yoki boshqa avariya holatlarida uskunalarni avtomatik himoya qiladi hamda butun tarmoqda barqarorlikni ta’minlaydi. Shu sababli ularni muntazam tekshiruvdan o‘tkazish — elektr ta’minotidagi uzluksizlik va iste’molchilarga sifatli energiya yetkazib berishda muhim omillardan biridir.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

t.me/XorazmMET_Axborot