O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2025-yil 15-sentabr kunidagi Respublikada "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kompaniyasi oyligini o'tkazish bo‘yicha 327-sonli farmoyishiga asosan "Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlari FVV boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
"Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali 110/35/10 kV kuchlanishli "Angor" podstansiyasida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-oktabrdagi 649-son qaroriga muvofiq sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha FVV xodimlari tomonidan suhbat o‘tkazilib, tushunchalar berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” AJ filiali
kanaliga obuna bo‘ling!