2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Poytaxt magistral elektr tarmoq obyektlarida ta’mirlash-sozlash, estetik-profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda
  • 13.10.2025
  • 14

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialining barcha podstansiyalari hududida ta’mirlash-sozlash, obodonchilik-ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.  

Mazkur ishlar elektr uskunalarining ishonchli va xavfsiz ishlashini ta’minlash, yong‘in xavfining oldini olish hamda podstansiya hududining estetik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirildi.  Podstansiya atrofidagi begona o‘tlar o‘rib tashlandi, hudud ko‘rinishi tartibga keltirildi. Ushbu chora-tadbirlar texnik xavfsizlikni ta’minlash hamda yong‘in xavfining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari, “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 28-sonli topshiriqnomaga asosan 220/110/10 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasining VT-1 110 kV elegazli o‘chirgichida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun

 t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot