♦ Energetika sohasi mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri boʻlib, uning barqaror rivojlanishi zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan malakali muhandis kadrlarga bogʻliq. Shu nuqtai nazardan, Prezidentimiz tomonidan 2024-yilning 20-iyunida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhandis kadrlarni tayyorlashga oid qoʻyilgan dolzarb vazifalarni amalga oshirish, ta’lim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan vazifalar topshirilgan edi. Ularning ijrosi "tarmoq-korxona-oliygoh" zanjirida namoyon boʻlmoqda.
♦ Bugun, 16-oktabr kuni "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ negizida Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakultetining "Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari" kafedrasi filialining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
♦ Tadbirda Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadritdin Turabdjanov, jamiyat rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
♦ Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Turabdjanov mazkur tashabbus Prezidentimiz ilgari surgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotganligini taʼkidlab oʻtdi. Aynan ushbu filial doirasida talabalar haftaning ikki kuni ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etib, nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish imkoniga ega boʻldilar. Bu esa yosh mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va ish tajribasini boyitishga xizmat qilishiga alohida e’tibor qaratildi.
♦ Tadbir yakunida Toshkent davlat texnika universiteti hamda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Bizni kuzating
Manba: https://t.me/ToshDTU_Matbuot_Xizmati/32105
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati