2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
E’TIROF: Energetika obyektida ochilgan o‘quv markazi — elektr energetika tarmog‘ining nazariy va amaliy bilimlari uyg‘unlashadigan maskan
  • 16.10.2025
  • 220

Avval xabar berganimizdek, bugun, 2025-yil 16-oktyabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasida Tezkor xodimlarni tayyorlash o‘quv markazi hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi filiali binosining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan ochilish marosimi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
 
⚡️  Tadbirni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov ochib berdi.  Tadbirda, shuningdek. Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik Sadritdin Maxamatdinovich Turabdjanov, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri o‘rinbosari Mamadaminov Umid Mahmudovich, Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti dekani professor Olimjon Zuvurovich Toirov va boshqalar yangi binoda o‘z faoliyatini davom ettirayotgan mutaxassislar faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi. Dual taʼlim — "tarmoq, korxona va oliygoh" zanjiri bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga samara faoliyat tilashdi.

❗️Mutaxassislar tomonidan magistral elektr tarmoqlari energetika obyektida ochilgan markaz faoliyati elektr energetika tarmog‘ining nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unlashadigan maskan, deya eʼtirof etildi.

✍️  E’tiboringizga mazkur mavzuga taalluqli ayrim ma’lumotlarni taqdim etamiz:
 
1️⃣ «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida mutaxassis kadrlar malakasini muntazam oshirib borish hamda ularni zamonaviy ilg‘or tajribalar bilan tanishtirish, ishlab chiqarish hamda taʼlim tizimini uyg‘unlashitirish maqsadida 2022-yilda Toshkent davlat texnika universiteti bilan Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan edi.
 
2️⃣  Taʼlim yo‘nalishlari yuzasidan o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari hamda universitet professor-o‘qituvchilaridan iborat Ishchi guruh tuzilgan.
 
3️⃣  «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 31-maydagi 20-sonli Boshqaruv qaroriga binoan 220 kV kuchlanishli “Ozodlik” podstansiyasi hududida zamonaviy “O‘quv mashg‘ulotlari, rele himoyasi va boshqa xizmatlar uchun laboratoriya binosi” qurilib, foydalanishga topshirildi.
 
4️⃣  So‘ngra mazkur bino-inshoti negizida Tezkor xodimlarni tayyorlash o‘quv markazi va Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakulteti “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi filiali tashkil etildi.

 

5️⃣ Yangi bino qurilgunga qadar, yaʼni 2024-2025-o‘quv yilida taʼlim jarayonining ishlab chiqarish bilan uzviyligini taʼminlash maqsadida “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibida 220 kV kuchlanishli “Keles” podstansiyasida Toshkent davlat texnika universitetining “Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi filiali tashkil etilgan edi. Unda jami 160 nafar  (shundan, 3-bosqich talabalari – 93 nafar, 4-bosqich talabalari – 67 nafar) talabalar dual taʼlim tizimi asosida tasdiqlangan o‘quv grafigi bo‘yicha tahsil oldilar.

6️⃣ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga asosan, Tarmoq ilmiy-texnik kengashi faoliyatini rivojlantirish maqsadida, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti “Energetika” fakulteti faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha 2024/2025-yillar uchun tasdiqlangan «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq, o‘tgan yil davomida Aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari hamda soha faxriylari oliy o‘quv yurtida «mahorat darsi» mashg‘ulotlarini o‘tishmoqda.

Aksiyadorlik jamiyatining oliy o‘quv muassasalari bilan hamkorligi   haqidagi ma’lumotlar uzbekistonmet.uz veb-saytining «Tarmoq ilmiy-texnik kengashi» ruknida taqdim etilgan.

 

 

 

 

 

 

 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati