⚙️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonida 35/10 kV kuchlanishli "Amirqum" podstansiyasida mavjud 4 000 kVA quvvatga ega transformator o‘rniga 6 300 kVA quvvatli yangi transformator o‘rnatish ishlari bajarildi.
Mazkur ishlar natijasida iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish ishonchliligi oshadi, yuklama barqaror taqsimlanadi va tarmoqdagi texnik yo‘qotishlar kamayadi.
⚙️ Bundan tashqari, 110/35/10 kV kuchlanishli "Shovot" podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli "Qo‘shko‘pir" elektr uzatish havo tarmog‘i o‘chirgichida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ta’mirlash jarayonida o‘chirgichning texnik holati batafsil ko‘zdan kechirilib, mexanik qismlari moylandi, kontakt birikmalari tozalanib, mahkamlash elementlari mustahkamlandi. Shuningdek, elektr izolyatsiyasi sinovdan o‘tkazilib, zarur bo‘lgan joylarda texnik sozlash ishlari bajarildi.
⚡️ Ushbu tadbirlar o‘chirgichlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, elektr energiyasini yetkazib berish jarayonining ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI