«Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan:
⚙️ 220/110/10 kV kuchlanishli "Xorazm" podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu tadbirlar podstansiya hamda undan chiquvchi elektr uskunalarining barqaror ishlashini ta’minlab, elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz yetkazib berilishiga xizmat qiladi.
⚙️ 35/10 kV kuchlanishli "Sarimoy" podstansiyasida mavjud uskuna va jihozlar hamda elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Ushbu jarayonda:
♦ Kuch transformatorlari mukammal ta’mirdan chiqarilib, barcha texnik ko‘rsatkichlari sinovdan o‘tkazildi, sovitish va izolyatsiya tizimlari yangilandi;
♦ 10 kV kuchlanishli tashqi komplektli taqsimlash qurilmasida (KRUN-10) ham mukammal ta’mirlash ishlari bajarilib, kontakt ulanishlari mustahkamlandi, himoya relelari va o‘lchov asboblari soz holatga keltirildi.
⇒ Mazkur ta’mirlash ishlari natijasida podstansiya uskunalarining ishonchliligi oshirildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI