Angren shahar uchaskasi mutaxassislari tomonidan 500 kV kuchlanishli "L-523" tarmog‘i nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi. Tayanch ustunini tortib ushlab turuvchi troslarni rostlash ishlari olib borildi.
⚡️ Tayanch ustunining tarkibiy qismlari ko‘zdan kechirilib, shikastlangan elementlar yangisiga almashtirildi. Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarining kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi.
⇒ "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot