2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG‘ONA VILOYATI: L-503 tarmog‘ida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi
  • 18.10.2025
  • 7

500 kV li L-503 elektr uzatish havo tarmog‘ining O‘zbekiston tumani, Shoʻrsuv qishlog‘i hududidagi P-56, A-57 va P-58 tayanchlaridagi chang-g‘ubor qoplagan izolyatorlarni yuvish ishlari amalga oshirildi.

Bu jarayon — izolyatorlarni yuvish ishlari tayanch ustuni elemantlarining izolyatsiya qarshiligini tiklash va tarmoqning ishonchliligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bunday ishlar ham xavfsizlik texnikasi talablariga to‘liq rioya etilgan holda, maxsus uskuna yordamida bajariladi.

Eslatib oʻtamiz, Yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlashda izolyatorlarning tozaligi va texnik holatini muntazam nazorat qilish muhim ahamiyatga ega. Shu bois, izolyatorlarni har olti oyda texnik ko‘rikdan o‘tkazish — amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan talabdir. Ayniqsa, yirik sanoat korxonalari yaqinidan o‘tuvchi tarmoqlarda ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgani sababli, bunday hududlarda izolyatorlarni tez-tez yuvish zarur.

⚡️Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga obuna bo’ling

 https://t.me/FargonaMET_Axborot