2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XIZMAT SAFARI: 220/110/10 kV kuchlanishli «Saribozor» podstansiyasi — Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani
  • 18.10.2025
  • 113

Ayni kunlarda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov 2025/2026-yil kuz-qish mavsumida magistral elektr tarmoqlarida olib borilayotgan ishlar bilan bevosita tanishish maqsadida xizmat safariga bo‘lib turibdi.

⚙️ Dadajon Aynaqulovich «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali balansidagi 220/110/10 kV kuchlanishli "Saribozor" podstansiyasidagi amalga oshirilgan modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj va ta’mirlash-sozlash ishlari bilan bevosita tanishib, Filial rahbariyati hamda mas’ul xodimlarga tegishli topshiriq va ko’rsatmalar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026-yil kuz-qish mavsumigacha (1-oktabr sanasigacha) elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlari ishonchli ishlashini taʼminlash maqsadida 200 tonna transformator moyi, 1 000 kilogramm texnik plastina, 35 tonna turli rusumli simlar, 10 kilometr uzunlikka ega kabel mahsulotlari, 60 dona metall va temir-beton tayanch, 10 000 ta izolyator, 21 ta magistral tarmoq podstansiyalari uchun hamda 37 ta 110 kilovolt kuchlanishli va 39 ta 35 kilovolt kuchlanishli taqsimlash tarmoqlari podstansiyalari uchun turli quvvatdagi transformator zaxirasi yaratilgan edi.

Shuningdek, avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida 222 ta navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular maxsus avtotransport, zaruriy ehtiyot qismlar, aloqa hamda himoya vositalari bilan to‘liq taʼminlangan.

⚡️Mavsum uchun jami 230 ta avtotransport vositasi shundan, 38 ta yuk ko‘tarish avtokrani, 13 ta ekskavator, 80 ta brigada avtotransporti, 39 ta AGP (avtogidro ko‘tarish texnikasi), 22 ta ko‘chma elektrotexnika laboratoriyasi shay holatga keltirilgan.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ “Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali

http://t.me/JizzaxMET_Axborot