2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Qamchiq dovonidagi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida ta’mirlash ishlari yakunlandi
  • 20.10.2025
  • 18

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar barcha sohalarda barqarorlik, taraqqiyot va xalq farovonligiga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, energetika sohasi Yangi O‘zbekistonni barpo etishda eng muhim strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tarkibidagi “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan ham ushbu yo‘nalishda amaliy natijalarga xizmat qiluvchi qator ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, kuz-qish mavsumida respublika bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lmasligi, xalqimiz turmush tarzining barqaror bo‘lishi, iqtisodiyot tarmoqlarining faoliyati uzluksiz davom etishi uchun zarur texnik chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

⚙️ Ayni kunlarda Qamchiq dovonidan o‘tuvchi, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 500 kV kuchlanishli L-524 havo tarmog‘ida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ta’mirlash ishlari yuqori kuchlanishli havo tarmoqlari xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilib, elektr energiyasini generatsiya manbalaridan taqsimlovchi tarmoqlarga uzluksiz va barqaror yetkazib berish imkoniyatlarini yanada mustahkamladi.

Bajarilayotgan bu ishlar — nafaqat texnik xizmat ko‘rsatish, balki keng ma’noda energetika xavfsizligini ta’minlash, milliy iqtisodiyot barqarorligini qo‘llab-quvvatlash va aholining ijtimoiy farovonligini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadamdir.

Bugun elektr tarmoqlarini zamonaviylashtirish, energiya uzatish liniyalarini rekonstruksiya qilish va xalqaro standartlarga moslashtirish orqali nafaqat bugungi ehtiyojlarga, balki yaqin istiqboldagi talabga ham tayyor bo‘lgan milliy energetika tizimi shakllantirilmoqda.

⚡️ Energetika sohasida amalga oshirilayotgan har bir islohot, har bir loyiha — bu Yangi O‘zbekistonning barqaror kelajagiga qo‘yilayotgan yana bir ishonchli poydevordir! 

FacebookInstagramYouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "NAMANGAN MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling 

https://t.me/NamanganMET_Axborot