⚙️ «Buxoro magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 500 kV kuchlanishli "Qorako‘l" podstansiyasidagi 220 kVli V-T-1 o‘chirgichida izolyatorlarni tozalash, dispetcherlik yozuvlarni yangilash va fazalarni yangilash (ranglarini) ishlari bajarildi.
⚡️ Ma’lumot uchun: 220 kVli V-T-1 o‘chirgichi "Qorako'l" podstansiyasining 1-SSH (shinalar sistemasi)ga kuchlanish beradi. 220 kV li 1-SSH orqali 220 kV li "Turon" o‘chirib-yoqish punkti (L-T-K), "Olot" podstansiyasi (L-K-O-1), "AKSA" podstansiyasi (L-K-A), "Qizil" podstansiyasi( L-Qizil-1) va "Qandim" podstansiya (L-Qandim-1)larini elektr energiya bilan ta’minlaydi.
Shuningdek, qurilmaning sozligi 2025–2026-yil kuz-qish mavsumida elektr ta‘minoti barqaror bo‘lishi hamda iste’mol hajmi yuqori bo‘lgan davrda iste’molchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo‘ling