«Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi, Qiziltepa tumani hududida joylashgan 110/35/10/6 kV kuchlanishli «O‘rtacho‘l» podtansiyasida T-1 transformatori hamda uning bog‘lamlariga texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, 35/6 kV kuchlanishli "Vodozabor" podstansiyasida T-2 transformatori hamda uning bog‘lamlarida texnik-profilaktik ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, 35/10 kV kuchlanishli «Xatirchi» va «Shavat» podstansiyalarida kuch transformatorlari bo‘yicha joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, ta’mirlash jarayonida transformatorlarning moy sathi me’yoriga keltirildi.
⚙️ Olib borilgan ishlar quyidagilarni tashkil etdi:
◾️ Transformatorda texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;
◾️ Transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi;
◾️ Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar, moyli o’chirgichlari texnik muhandislar tomonidan kerakli texnik ishlarni bajarildi.
Ushbu profilaktik ishlar 2025-2026-yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda barqaror elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’lish uchun