2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: 35/10 kV kuchlanishli "Ipakchi" podstansiyasida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 22.10.2025
  • 35

Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani

 

► AVVALGI HOLATI:

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida tekshiruv o‘tkazilganda, 35/10 kV kuchlanishli “Ipakchi” podstansiyasidagi ayrim elektr uskunalarida texnik xizmat ko‘rsatishni talab etuvchi kamchiliklar aniqlangan.

Xususan, 35 kV kuchlanishli moyli o‘chirgich, shuningdek quvvati 4 000 kVA bo‘lgan T-1 va T-2 kuch transformatorlarida eskirish alomatlari, yog‘ sathidagi o‘zgarishlar va ayrim mexanik qismlarda nosozliklar kuzatildi. 

Mazkur holatlar elektr tarmoqlarining ishonchli ishlashiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, podstansiyada rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlarini o‘tkazish zarur deb topildi.

► ISH JARAYONI:

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Ipakchi” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan moyli o‘chirgichda texnik ko‘rik o‘tkazilib, kontakt qismlar tozalandi, zarur joylarda sozlash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, T-1 va T-2 transformatorlarda yog‘ sathi tekshirildi, izolyatsiya o‘lchovlari bajarildi, moy almashinuvi va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib borildi.

Barcha ishlar me’yoriy talablarga to‘liq amal qilingan holda, xavfsizlik qoidalari asosida bajarildi.

► HOZIRGI HOLATI:

Joriy ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilgach, “Ipakchi” podstansiyasidagi barcha elektr uskunalari to‘liq soz holatga keltirildi.
Moyli o‘chirgich va transformatorlar ishga tayyor holatda sinovdan o‘tkazildi hamda ularning barqaror ishlashi ta’minlandi.

Podstansiya endilikda kuz-qish mavsumida iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga tayyor holatga keltirildi.

"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati