2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 35/10 kV kuchlanishli "Erkindarya" podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 22.10.2025
  • 33

"Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 35/10 kV kuchlanishli "Erkindarya" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish — joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Olib borilgan texnik-profilaktik ishlar quyidagilarni tashkil etdi:

◾️ Kuch transformatori texnik tekshiruvdan o‘tkazildi.

◾️ Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi.

◾️ Kuch transformatorining moy sathi meʼyoriga keltirildi.

◾️ Moyli o‘chirgichlarning izolyatorlari tozalandi.

◾️ Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi.

Ushbu profilaktik ishlar kuz-qish mavsumida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

kanaliga a’zo bo’lish uchun 

t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot