2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 500 va 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 22.10.2025
  • 37

✍️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun tegishli tartibda nazorat ko‘riklari o‘tkazilib, unda aniqlangan kamchiliklar navbatchi brigadalar tomonidan bartaraf etilmoqda. Misol uchun, quyidagi elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirildi: 

⚙️ Toshkent uchaskasi mutaxassislari tomonidan 500 kV kuchlanishli "L-522" tarmog‘ida joriy ta'mirlash ishlari olib borildi.

⚙️ 12-sonli topshiriqnomaga asosan Bekobod uchaskasi mutaxassislari tomonidan 500 kV kuchlanishli "L-503" tarmog‘ida joriy ta'mirlash ishlari bajarildi.

⚙️ Bundan tashqari, Olmaliq uchaskasi mutaxassislari tomonida 110 kV kuchlanishli "L-D-K-1" elektr uzatish tarmog‘ida joriy ta‘mirlash ishlari yakunlandi. Jumladan, tarmoqdagi singan izolyatorlar almashtirildi hamda tayanchlarga ulangan birikmalar mustahkamligi tekshirildi.

Shuningdek, barcha liniyalar tayanch ustunlarining tarkibiy qismlari ko‘zdan kechirilib, shikastlangan elementlar yangisiga almashtirildi. 

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati