2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: "Navro‘z" podstansiyasida joriy ta'mirlash ishlari bajarildi.
  • 23.10.2025
  • 22

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida 110/35/10 kV kuchlanishli “Navro‘z” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ta’mirlash jarayonida podstansiyaning asosiy qurilmalaridan biri — 110 kV kuchlanishli ВМТ-110 rusumli T-1 moyli o‘chirgichida texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Mazkur ishlar elektr tarmog‘ining ishonchliligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

⚡️ Filial mutaxassislari tomonidan barcha ishlar texnik xavfsizlik qoidalariga rioya etilgan holda bajarildi

Shuningdek, podstansiya uskunalarining kuz-qish mavsumidagi yuklamalarga tayyorgarlik darajasi to‘liq tekshirilib, zarur profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot