2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: 500 kV kuchlanishli «L-502» elektr uzatish tarmog'ida joriy ta‘mirlash ishlari amalga oshirilmoqda
  • 23.10.2025
  • 8

⚙️ «Toshkent magistral elektr tarmoqlar» filiali mutaxasislari tomonidan 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi «L-502» bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘ida shkastlangan shleyflarni yangisiga almashtirish ishlari hamda kontakt birikmalarni navbatdan tashqari nazorat ko‘rigidan o‘tkazish (tekshirish) ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, mazkur liniya tayanch ustunlarining tarkibiy qismlari ko‘zdan kechirilib, shikastlangan elementlar yangisiga almashtirilmoqda. Elektr uzatish tarmoqlarining kontaktlari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

«Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 2025–2026-yil kuz-qish mavsumi davomida generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun barcha kuch va resurslar safarbar etilgan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga a’zo bo’lish uchun ⇒ t.me/ToshkentMET_Axborot