

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ "Namangan magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari doimiy ravishda tizim ishonchliligini oshirish ustida ishlamoqdalar.
⚙️ Misol uchun, 220/110/10 kV kuchlanishli “Obi-hayot” podstansiyasida yangi qurilayotgan yacheykalardagi eligaz o‘chirgichlariga eligaz to’ldirish ishlarini olib borildi.
⁉️ Buning ahamiyati nimada?
Eligaz o‘chirgichlari elektr toki uzilishlarini katta tezlikda va ishonchli ravishda bartaraf etish imkonini beradi. Bu esa, o’z navbatida, elektr uzatish tarmog'ida nosozliklar va avariyaviy uzilishlar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi hamda taqsimlovchi tarmoqlarga uzluksiz va yuqori sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali
kanaliga obuna bo‘ling!