2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
220 kV kuchlanishli "Noibobod-1" elektr uzatish havo tarmog‘idagi nosozlik bartaraf etilib, kuchlanish berildi
  • 26.10.2025
  • 77

Avval xabar berganimizdek, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Dadajon Aynaqulovich xizmat safari davomida 220 kV kuchlanishli "Noibobod-1" elektr uzatish tarmog‘ining chegaradosh hududlardan (Amudaryo havzasi ustidan) o‘tgan qismida sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish uchun masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berdi

Shuningdek, qo‘shni respublika hududiga "Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali xodimlari o‘tib, taʼmirlash brigadasiga yaqindan yordam berishdi. 

⚙️ Situatsion tahlil boshqarmasining xabar  berilshicha, bugun soat 21:01 da qo‘shni Afg’oniston Islom Respublikasi energetika kompaniyasi tasarrufidagi 220 kV kuchlanishli Noibobod-1 elektr uzatish havo tarmog‘ida nosozlik bartaraf etilib, liniya kuchlanish ostiga qo‘yilgan.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali yangiliklarini

kuzatib boring! 

http://t.me/SurxondaryoMET_Axborot