2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: 35/6 kV kuchlanishli “Rezak” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari yakunlandi
  • 27.10.2025
  • 69

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 35/6 kV kuchlanishli “Rezak” podstansiyasida keng qamrovli joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

⚙️ Ta’mirlash davomida quyidagi muhim ishlar bajarildi:

► T-1 transformatori to‘liq diagnostika qilinib, uning ishlash samaradorligini ta’minlash uchun yaroqsiz qismlari almashtirildi;

► Transformatorlarning ichki va tashqi yuzalari tozalanib, texnik ko‘rsatkichlari tekshirildi va me’yoriy holatga keltirildi;

► 35 kV kuchlanishli moyli o‘chirgich batafsil ko‘zdan kechirilib, ta’mirlash ishlari bajarildi, moy darajasi, izolyatsiyasi normaga keltirildi.

Bu chora-tadbirlarning barchasi elektr energiyasining uzluksiz va xavfsiz uzatilishini kafolatlaydi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot