
Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, taqsimlovchi tarmoqlarga elektr energiyasini barqaror uzatish maqsadida «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli «Go‘zal» podstansiyasida quvvati 200 000 kVA bo‘lgan AT-1 transformatorida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.
Mazkur ta’mirlash ishlari “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tasdiqlangan yillik ta’mir dasturi asosida amalga oshirildi.
⚙️ Joriy ta’mir davomida quyidagi ishlar bajarildi:
♦ Moy sathi va haroratni nazorat qiluvchi termometr va sath ko‘rsatkichlari tekshirildi, nosoz elementlar yangisiga almashtirildi;
♦ Transformatorning sovutish tizimi (ventilyatorlar, nasoslar, radiatorlar) to‘liq ko‘rikdan o‘tkazildi, yuvilib, zarur joylarda moy oqishining oldi olindi;
♦ Transformator moyi namlik va mexanik aralashmalardan tozalandi, moyning dielektrik mustahkamligi laboratoriya sharoitida sinovdan o‘tkazildi;
♦ Izolyatorlarning mexanik mustahkamligi va sirt holati tekshirildi;
♦ O‘zgartirish (releli) himoya tizimi — gaz relesi, differensial himoya, maksimal tok va kuchlanish himoyalari sinovdan o‘tkazilib, soz holatga keltirildi;
♦ Kontakt birikmalari mexanik tarzda siqildi va oksid qatlami tozalandi;
♦ Yerdan himoya (yerlash) tizimi qarshiligi o‘lchab tekshirildi va normativ talabga moslashtirildi;
♦ Transformator ko‘rikdan o‘tkazilib, xizmat muddatiga ko‘ra profilaktik ishlar bajarildi.
Ta’mir yakunida AT-1 transformatori barcha me’yoriy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tkazildi va ishga tayyor holatga keltirildi.
Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish hamda elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI kanaliga obuna bo‘ling!