2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi
  • 28.10.2025
  • 71

Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari tadbiri doirasida “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/10 kV kuchlanishli “Xorazm” podstansiyasida ham amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

♦ Mashqlar davomida elektr tarmoqlari obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda tezkor harakat qilish, xavfsizlik choralarini ko‘rish va elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

♦ Shuningdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha ham mashg‘ulotlar tashkil etilib, ishtirokchilar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashdi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev ishtirok etib, o‘quv mashg‘ulotlarining borishini kuzatdi va tashkil etilgan ishlarni yuqori baholadi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

«XORAZM MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

t.me/XorazmMET_Axborot